Цели и задачи Фонда
Основной целью Фонда является содействие сходам граждан в совершенствовании их деятельности, направленной на превращение махалли в центр адресной социальной поддержки населения, развития частного предпринимательства и семейного бизнеса, а также дальнейшее расширение функций органов самоуправления граждан в системе общественного контроля за деятельностью государственных органов управления, осуществление широкой просветительской работы по пропаганде национальных и духовных ценностей, их развитию в целях обеспечения стабильности и атмосферы высокой духовности в обществе.
Задачами Фонда являются:
– оказание методической и практической помощи сходам граждан в осуществлении просветительских и культурных мероприятий и пропаганде национальных и духовных ценностей;
– оказание содействия сходам граждан в формировании среди населения взаимоуважения и добрососедских отношений на основе гуманизма и милосердия, разработке и пропаганде методов обеспечения социальной и политической устойчивости, мира и стабильности;
– оказание методической помощи сходам граждан в деле воспитания молодого поколения в духе национальных и духовных ценностей, патриотизма и гуманизма;
– активное участие в процессе поэтапной передачи полномочий государственных органов власти органам самоуправления граждан и выработке необходимых методических рекомендаций по осуществлению сходами граждан этих полномочий;
– организация учебных семинаров по повышению знаний и квалификации председателей (аксакалов) и активистов сходов граждан, содействие в формировании у них современных управленческих навыков;
– изучение и анализ деятельности сходов граждан, популяризация передового опыта, защита их интересов на основе законодательства, участие в реализации разработанных ими перспективных идей и проектов и, при необходимости, оказание им финансовой поддержки;
– участие в организации советов по координации деятельности сходов граждан и содействие деятельности этих советов;
– пропаганда широкого проявления в сходах граждан гуманизма и милосердия в отношении малообеспеченных семей, семей потерявших кормильца, одиноких пожилых людей, ветеранов, инвалидов и сирот и оказание им моральной и материальной поддержки;
– создание необходимых условий для повышения общественной активности жителей сходов граждан, оказание практической и методической помощи в профессиональной ориентации молодежи, развитии частного предпринимательства и семейного бизнеса, а также дальнейшее расширение функций махалли в системе общественного контроля за деятельностью государственных органов управления;
– участие в научно-практических республиканских и международных форумах, семинарах, посвященных актуальным вопросам деятельности органов самоуправления граждан, формирования и развития механизмов социального партнерства сходов граждан с негосударственными некоммерческими организациями и органами государственной власти и управления;
– всестороннее содействие в осуществлении мер, направленных на социально-экономическое развитие страны, других социальных программ и проектов, имеющих государственное значение;
– налаживание сотрудничества с другими негосударственными некоммерческими организациями республики, международными
и иностранными юридическими и физическими лицами в пределах уставной деятельности Фонда, разработка совместных проектов и программ, осуществление их на основе социального партнерства.
FONDNING MAQSAD VA VAZIFALARI
O'zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Ustavining 2.1, 2.2-bandida Fondning maqsad va vazifalari belgilab qo'yilgan.
Unga ko'ra, Fondning asosiy maqsadi fuqarolar yig'inlarini aniq yo'naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga, madaniy-ma'rifiy ishlarni keng amalga oshirish, milliy va ma'naviy qadriyatlarni izchil targ'ib qilish, ular faoliyatini takomillashtirish orqali ijtimoiy va ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga ko'maklashishdan iborat.
Fond quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
– fuqarolar yig'inlariga ma'rifiy va madaniy tadbirlarni amalga oshirish, milliy va ma'naviy qadriyatlarni targ'ib qilishda uslubiy hamda amaliy yordam ko'rsatish;
– fuqarolar yig'inlariga aholi orasida insonparvarlik va mehr-oqibat asosida yaxshi qo'shnichilik va o'zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish, ijtimoiy, siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashning targ'ibot usullarini ishlab chiqish va joriy qilishga ko'maklashish;
– yosh avlodni milliy va ma'naviy qadriyatlar, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashda fuqarolar yig'inlariga uslubiy yordamlar ko'rsatish;
– davlat hokimiyati organlari vakolatlarini fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o'tkazilishi jarayonida hamda fuqarolar yig'inlari tomonidan ushbu vakolatlarning amalga oshirilishida zarur uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda faol ishtirok etish;
– fuqarolar yig'inlari rais (oqsoqol)lari va faollarining bilim va malakasini oshirish bo'yicha o'quv seminarlarini tashkil etish, ularda zamonaviy boshqaruv ko'nikmalarini shakllantirishga ko'maklashish;
– fuqarolar yig'inlari faoliyatini o'rganish va tahlil qilish, ilg'or tajribalarni ommalashtirish, ular manfaatlarini qonun asosida himoya qilish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g'oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, zarur hollarda ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash;
– fuqarolar yig'inlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashlar tashkil etishda ishtirok etish va ular faoliyatiga ko'maklashish;
– fuqarolar yig'inida kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan oilalar, yolg'iz keksalar, faxriylar, nogironlar va yetim-esirlarga nisbatan insonparvar va mehr-shafqatli munosabatda bo'lish g'oyalarini keng targ'ib qilish, ularni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash;
– fuqarolar yig'inlarida aholining ijtimoiy faolligini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish, yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirishga ulubiy va amaliy yordam ko'rsatish, aniq yo'naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga ko'maklashish;
– fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatining dolzarb masalalari, fuqarolar yig'inlarining nodavlat notijorat tashkilotlari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini shakllantirish va rivojlantirishga bag'ishlangan respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlarda ishtirok etish;
– mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan boshqa ijtimoiy dasturlar va loyihalarga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga har tomonlama ko'maklashish;
– fondning Ustav faoliyati doirasida respublikadagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro va chet el yuridik va jismoniy shaxslari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, ular bilan hamkorlikda qo'shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish va ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirish.


